Guaido ilk “prezidentlik” farmonini imzoladi

© Sputnik / Leo Alvares / Mediabankka o‘tishSpiker parlamenta Venesueli i lider oppozitsii Xuan Guaido
Spiker parlamenta Venesueli i lider oppozitsii Xuan Guaido - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zini Venesuelaning prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaido birinchi farmonini chiqardi.

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. O‘zini Venesuelaning prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaido birinchi farmonni chiqardi. Hujjat matni Twitter᾽da joylashtirildi.

Guaido o‘zining ilk farmoni bilan mamlakatga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berdi.

Shuningdek, Guaido o‘zining o‘sha farmoni bilan Maduroning Braziliya bilan quruqlikdagi chegarani yopish buyrug‘ini bekor qilgan, Aruba, Boneyra va Kurasao orol-davlatlari bilan munosabatlarni kuchda qoldirib, uning hukumati tomonga o‘tadigan harbiylarga kafolatlar berilishini tasdiqlagan.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro  - Sputnik O‘zbekiston
Maduro Guaidoni Venesuelada saylovlar e’lon qilishga chaqirdi

O‘z navbatida Nikolas Maduro hukumati 23-fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan gumanitar yordamni olishga qarshi chiqmoqda. Prezidentning o‘zi mamlakatda krizis boshlanganini inkor etib, Braziliya bilan chegarani yopdi. Shuningdek, Kolumbiyaga o‘zining gumanitar yordamini yetkazmoqchi ekanligini bayon etdi.

Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0