Maduro Guaidoni Venesuelada saylovlar e’lon qilishga chaqirdi

© REUTERS / Miraflores PalacePrezident Venesueli Nikolas Maduro
Prezident Venesueli Nikolas Maduro  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tibbiyot universiteti bitiruvchilari oldida nutq so‘zladi.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolif parlament spikeri Xuan Guaidoni mamlakatda saylovlar e’lon qilishga chaqirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Nima sababdan u xalq ovoz berishi yordamida ag‘darib tashlanishi uchun saylovlar o‘tkazishga chaqirtirmayapti? O‘z-o‘zini tayinlagan masxaraboz uni ag‘darib tashlashlari uchun saylovlar e’lon qilsin”, - deya ma’lum qilgan Maduro tibbiyot universiteti bitiruvchilari oldidagi nutqida.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Nikolas Maduro: “Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq bergan”

Uning nutqi Twitter᾽da to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilishdi. Maduro esa o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e’lon qildi, muxolifat yetakchisini esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh yetakchisi Donald Trampning Venesuela harbiylariga qilgan murojaatini shantaj deb atagani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0