O‘quvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan XTV axboroti

Obuna bo‘lish
Qo‘shimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga o‘quvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘quvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan XTV rasmiy bayonot berdi.

Pistolet marki UZI. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘quvchi maktabga o‘zi bilan birga pnevmatik pistolet olib keldi

Ta’kidlanishicha, mazkur holat maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan aniqlangan va maktab ma’muriyati mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tuman IIBga murojaat qilgan. Qo‘shimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga o‘quvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

Xabarda O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o‘qotar qurolga kirmasligi to‘g‘risida tushuncha berilgan va mamlakatimizda pnevmatik qurollar savdosiga hech qanday cheklov o‘rnatilmagani aytib o‘tiladi.

“Vazirlik tomonidan maktab rahbarlariga ota-onalar bilan majlislar o‘tkazib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni farzandlariga jamoat joylarida, jumladan, maktab hududiga bu kabi buyumlarni olib kelmasligi haqida tushuntirishlar berishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi sumkasidan MINI UZI IWI pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0