Leroy Merlin O‘zbekistonda magazin ochishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishOtkritie megamarketa Lerua Merlen
Otkritie megamarketa Lerua Merlen  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistonda investitsion iqlim yaxshilanib borayotganini qayd etib respublikaga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik tarmoqli magazinlardan biri - Leroy Merlin O‘zbekistonda ham o‘z filialini ochishi mumkin. Bu haqida Spot.uz xabar qilmoqda.

Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Fransii Emmanuelya Makrona - Sputnik O‘zbekiston
Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 10ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston – Fransiya biznes forumi doirasida tomonlar bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishgan. Ular orasida energetika, logistika, injiniring, qurilish materiallari, kosmetika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqish rejalari bor.

CCI France Russie kompaniyasi direktori o‘rinbosari Nikolya Dukre aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda investitsion iqlim o‘zgarmoqda. Natijada fransiya kompaniyalari O‘zbekistonni bo‘lajak biznes uchun imkoniyat paydo bo‘lgan joy sifatida ko‘rib chiqmoqdalar.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami krupneyshix fransuzskix kompaniy - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Fransiya biznesini O‘zbekistonga taklif qildi

Ana shunday kompaniyalardan biri, qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Leroy Merlin kompaniyasidir.

Rossiyada muvaffaqiyatli biznes yuritib, qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi gipermarketlar tarmog‘i tashkil qilgan ushbu kompaniya endi O‘zbekistonda ham magazin ochishni rejalashtirmoqda. O‘tgan yili kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishgan edi.

Biroz oldin Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen De Vilmor mart oyining oxirida O‘zbekistonda Fransiya iqtisodi haftaligini o‘tkazish rejalashtirilayotganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0