Shavkat Mirziyoyev Fransiya biznesini O‘zbekistonga taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami krupneyshix fransuzskix kompaniy
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami krupneyshix fransuzskix kompaniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Fransiya tadbirkorlarini O‘zbekistonga faol sarmoya kiritishga chaqirdi.  

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Fransiya kompaniyalarini O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil vo Fransiyu - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Parijda tantanali kutib olindi

Ayni damda Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda xususan “Total”, “Total Eren”, “Orano”, “Fivs Shteyn”, “Ranjis Semmaris”, «Vinchi», «Sues», «Sad», «Idemia», «Mersie», “Tales Aleniya Speys” kabi Yevropa va jahon bozorida yetakchi kompaniyalar hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi kabi moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda ayni damda xorijiy investorlar faoliyatini rag‘batlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani hamda tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezirlarli darajada qisqartirilgani ta’kidlandi.

- Xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha kengash tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Uning vazifasi sarmoyadorlar fikrini inobatga olgan holda O‘zbekiston investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Sizni kengash ishida faol ishtirok etishga taklif etamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘z navbatida fransiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholashdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev tashrifi arafasida Parijda bo‘lib o‘tgan o‘zbek – fransuz biznes forumi davomida umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi. 

Yangiliklar lentasi
0