AQSh Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDjozef Votel
Djozef Votel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik general Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik haqida nima dedi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo shtab qo‘mondonlari konferensiyasida AQSh markaziy qo‘mondonligi generarali Jozef Votel so‘zga chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev vruchil nagradi v Den zashitnikov Rodini - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari qo‘mondoni bilan harbiy hamkorlikni muhokama qildi

So‘z boshida amerikalik general O‘zbekiston prezidenti va Mudofaa vazirligiga ushbu anjumanni tashkil qilishdagi sa’y harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishda O‘zbekiston yetakchi o‘rin tutishini qayd etdi.

Shuningdek, Votel AQSh Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar mustaqilligiga o‘z hissasini qo‘shishga asos bo‘ladigan choralar izlayotganini xabar qildi.

“AQSh, hududdagi davlatlarning barqarorligi va suverenitetiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida, o‘zaro hamkorlikning konstruktiv uslublarini topish va rivojlantirish tarafdori”, - dedi Jozef Votel.

Shu bilan birga Votel anjumanning barcha ishtirokchilariga hududiy xavfsizlikka bo‘lgan intilishlari, ushbu yo‘nalishda olib borayotgan suhbat va hamkorliklari uchun minnatdorlik bildirdi.

Djozef Votel  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh mudofaa idoralari qanday masalalarni muhokama qildi

“Men prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu anjuman muvaffaqiyatidan shaxsan manfaatdor ekanligi uchun va men bilan kelajakda biz, hududiy xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida, qanday hamkorlik qilishimiz mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishgani uchun minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston xalqiga ham ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildiraman”, - deb so‘zlarini yakunladi amerikalik general.

Yangiliklar lentasi
0