Masharipov Istanbuldagi tungi klub teraktidagi aybini inkor etmoqda

© RIA NovostiTursiya obnarodovala imya uzbekistansa, organizovavshego terakt v Stambule
Tursiya obnarodovala imya uzbekistansa, organizovavshego terakt v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 2017-yil 16-yanvarda Istanbulning Esenyurte tumanida maxsus operatsiya davomida gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olingan edi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahridagi “Reina” tungi klubiga hujum qilishda ayblanayotgan Abdulqodir Masharipov jinoyatga aloqadorligini inkor etdi, deb xabar qildi “Hurriyet” gazetasi.

“Men buni sodir etmaganman. O‘sha kecha qo‘lida “Kalashnikov” avtomati bo‘lgan kishi men emasman”, - deya iqtibos keltiradi Masharipovning so‘zlaridan nashr.

Abdulgadir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada Masharipov ustidan sud boshlanmoqda

Shuningdek, ayblanuvchi sud majlisida terakt sodir etilgan kundan so‘ng u televidenie xabarlaridan qidiruvga berilganini eshitib, shok holatga tushganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi "Kalashnikov" avtomati bilan qurollangan terrorchi Istanbuldagi “Reina” tungi klubiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan edi. Binoda 700 dan ortiq kishi bo‘lgan. Turkiya politsiyasi xabariga ko‘ra, teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni "ID" o‘z zimmasiga olgan. O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 2017-yil 16-yanvarda Istanbulning Esenyurte  tumanida maxsus operatsiya natijasida gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olingan. 

Yangiliklar lentasi
0