Turkiyada Masharipov ustidan sud boshlanmoqda

© REUTERS / STRINGERAbdulgadir Masharipov
Abdulgadir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stambul prokurori Abduqodir Masharipovni 40 karra bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qilishni talab qilmoqda.

TAShKENT, 11 dek — Sputnik. Istambulning 27-sonli Jinoiy sudida 31-dekabr kuni Reina tungi klubida terakt uyushtirgan Abduqodir Masharipov ustidan sud jarayoni boshlamoqda, deb xabar qildi Turkiyaning Anadolu agentligi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning Yangi yil oqshomida uyushtirilgan teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 122 kishi jarohatlangan edi. Ulardan 60 nafari chet el fuqarolari bo‘lgan. Ushbu terakt yuzasidan 57 kishi hibsga olingan. Ular orasida terakt ijrochisi, o‘zbekistonlik Abduqodir Masharipov ham bor.

Abdulqodir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Masharipov O‘zbekistonni 6-yil avval tark etgan

Istambul prokuraturasi ushbu ish yuzasidan 90 varaqli ayblov arizasi tayyorlagan. Stambul prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Gekalp Kekchu ushbu ishni shaxsan nazorat qilib kelmoqda.

Prokuratura terrorchiga qattiq tartibli qamoqxonada 40 karra bir umrlik jazosi berishni talab qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli terrorchi o‘ziga o‘lim jazosi berishni so‘ragan edi.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Masharipov ushbu ishlarni Abu Jihod nomli kimsaning topshirig‘iga binoan amalga oshirganini xabar qilgan. Terakt oldidan Masharipov u bilan uchrashib undan avtomat va granatalar olgan. Shundan so‘ng u Taqsim maydoniga yo‘l olgan. Maydonda politsiyachilar ko‘p bo‘lgan. Shundan so‘ng unga yangi joyga – Reina tungi klubiga borish topshirilgan. Masharipov klub kirib avtomatdan o‘t ochgan, keyin odamlar ustiga granata tashlagan.

Yangiliklar lentasi
0