Orol dengizining suvi qurigan hududida himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStarie korabli na beregu Aralskogo morya
Starie korabli na beregu Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Himoya o‘rmonzorlari barpo etish uchun 2019-yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd so‘m ajratiladi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Aralskoe more - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Orol dengizini qutqarishda ishtirok etishi mumkin - Lavrov

Qarorda ta’kidlanishicha, dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi.

Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo bo‘ldi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizining suvi qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Himoya o‘rmonzorlari barpo etish uchun 2019-yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil davomida jami 500 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Yangiliklar lentasi
0