Rossiya Orol dengizini qutqarishda ishtirok etishi mumkin - Lavrov

© REUTERS / Shamil ZhumatovAralskoe more
Aralskoe more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Orol dengizini qutqarish fondida kuzatuvchi maqomini berishni so‘radi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Rossiya Xalqaro Orol dengizini qutqarish fondida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish istagini bildirdi. Bu haqida Sergey Lavrov Ashxobodda Xalqaro munosabatlar Institutida so‘zlagan nutqida xabar qildi.

“Rossiya Orol dengizi muammosini hal qilishdan manfaatdor. Bu haqida BMT a’zolari bir necha aytib o‘tishgan edi, lekin hal qiluvchi qarorni hududiy mamlakatlar qabul qilishi kerak. Yaqin o‘tmishda biz yagona davlatda yashagan edik. Sobiq Ittifoqda ushbu muammoga katta e’tibor qaratilar edi. Shuning uchun ham biz Xalqaro Orolni qutqarish fondida Rossiyaga kuzatuvchi maqomini berishni taklif qilamiz. Biz Turkmanistonga ushbu iltimosimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun katta minnatdorlik bildiramiz. Fondning boshqa a’zolari ham ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilib qolamiz. Rossiya Orol dengizini qutqarishda ishtirok etishi mumkin”, - dedi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, Orol dengizini qutqarish xalqaro fondi 1993-yil 4-yanvarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokida tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0