TOShKENT, 16 fev — Sputnik. AQShda kuyov o‘z to‘yida ofitsantkani zo‘rlashga harakat qilganligi uchun sud oldida javob berdi, deb yozadi The Philadelphia Inquirer gazetasi.
Bu voqea 2018-yil noyabrda Pensilvaniyaning Richboro shahridagi klubda sodir bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, to‘y egasi Metyu Eymers ushbu klubda ishlaydigan ofitsantkaga tegajonlik qilishni boshlaydi. “Maxsus xizmatlar” uchun unga 100 dollar taklif qiladi. Rad javobini olgach, kuyov ayollar hojatxonasi yaqinida uni kutadi. Ofitsantkaning ko‘rsatmalariga qaraganda, uni xonaga olib kirib, zo‘rlashga harakat qiladi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi.
Keyin esa kuyov to‘yda mushtlashuvni boshlaydi. Klub xodimning alkogol ichimliklarni tashqariga olib chiqmaslik haqida iltimos qilganligi uchun janjal qiladi.
Klub xodimi politsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Politsiya voqea joyiga kelganda kuyov mehmonlar bilan mushtlashayotgan edi.
Politsiya Eymersni qo‘lga oladi.
Tergov jarayonida ofitsantka tomonidan zo‘rlashga harakat qilish haqida shikoyat ariza yozildi.
Amerikalik ustidan 17-yanvar kuni sud bo‘lib o‘tdi. Biroq u garov pulining 10 foizi 350 ming dollar to‘laganligi uchun hibsdan ozod etildi.
Keyingi sud majlisi 21-fevralda o‘tkaziladi.