Rossiya qishloqlarida bo‘rilar hujumi kuchaymoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskovskiy zoopark
Moskovskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy ovchilardan birining ma’lum qilishicha, bo‘rilar kuz oyidan buyon tumanning turli qishloqlarida 25 taga yaqin itlarni g‘ajib tashlagan.

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Rossiyaning Arxangelsk viloyati Primorsk tumani hukumati aholidan qishloqlarga bo‘rilarning tez-tez kirib turish holatlari ko‘paygani sababli hushorlik va ehtiyotkorlika rioya qilish so‘radi. RIA Novosti xabariga asosan.

Shakal - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

Qayd etilishicha, tumanning Talagi posolkasi va Povrakulskaya qishlog‘ida bo‘rilar paydo bo‘lgan. Shu sababli mahalliy aholidan hushorlik va ehtiyotkorlika rioya qilish so‘ralgan. Shuningdek, ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida bolalarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi eslatib o‘tilgan.

RIA Novostiga mahalliy ovchilardan birining ma’lum qilishicha, bo‘rilar kuz oyidan buyon tumanning turli qishloqlarida 25 taga yaqin itlarni g‘ajib tashlagan. Shu sababli itlari ko‘chaga chiqarmasdan, yopiq binoda saqlash tavsiya etilgan.

Yangiliklar lentasi
0