Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

© pixabayShakal
Shakal - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shoqollar uy hayvonlari – tovuqlar, qoʻy-echkilarga tez-tezdan hujum qilishmoqda. Bu boʻyicha hali hech qanday rasmiy maʼlumot berilgani yoʻq.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumani Begjap OFY hududida shoqollar qishloqda yashovchilarga tashlangan. Fuqaro Yusup Qurbanov va Anvar Joldasbayevga shoqol tashlanib, tishlab olgan. Natijada ikki fuqaro hozirda Shumanay tumani tibbiyot birlashmasida quturish kasalligiga qarshi davolanmoqda. “Darakchi” nashri xabariga asosan.

Shuningdek, yuqoridagi ikki kishidan tashqari Shumanay tumanidagi Qarabayli OFYda quturgan shoqol qishloqda yashovchi ayolga ham tashlanib, tishlab olgan. Ayol zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Tekshirish natijasida shoqolning quturgani aniqlangan. Bu haqda Shumanay tumani hokimining oʻrinbosari Niʼomjon Allaniyazov maʼlumot bergan.

Shoqol - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Chiyaboʻrilar endi Toshkentga hujumga oʻtgan

Maʼlumotda aytilishicha, tuman hokimiyati ovchilar guruhini tuzib, quturgan shoqollarni otishni topshirgan. Bundan tashqari, agar kimda-kim shoqolni otib oʻldirsa 50 ming soʻm vaʼda qilingan.

Shumanayda shoqol bilan bogʻliq yoqimsiz voqea oʻtgan yil ham kuzatilgandi. Oʻshanda tumanning Doʻstlik bayrogʻi va Dexqonobod OFYlarda bir guruh bolalarni qashqirlar talagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Shoqollar uy hayvonlari – tovuqlar, qoʻy-echkilarga tez-tezdan hujum qilishmoqda. Bu boʻyicha hali hech qanday rasmiy maʼlumot berilgani yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0