TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganining 30-yillik munosabati bilan hujjatlarni oshkor etdi. Mudofaaning rasmiy saytida harbiy qismlar, harbiylarning qahramonliklari va jarosati haqida hikoya qiluvchi loyiha ishga tushdi.
Oshkor etilgan hujjatlarda sovet qo‘shinlari oldiga qo‘yilgan vazifalar, muhim hujjatlar, yirik qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar omborini egallab olish hamda qahramonlik ko‘rsatgan askarlarning taqdirlanishi haqida so‘z yuritiladi.
Shuningdek, harbiylar va osuda aholi o‘rtasida munosabatlar qay tarzda shakllanganidan dalolat beruvchi tarixiy faktlar e’lon qilingan.
Mudofaa vazirligining fikriga ko‘ra, jangovar harakat ayrim ishtirokchilarining hisobga olish kartochkasi alohida qiziqish uyg‘otadi.
O‘ttiz yil avval, 1989-yil 15-fevralda sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etdi. Bu voqea urushga nuqta qo‘ydi.
Afg‘onistonga jalb qilingan o‘zbekistonliklar soni 65 ming nafarni tashkil etadi. Jangchilarning 1520 nafari halok bo‘lgan, 2,5 mingga yaqini og‘ir tan jarohatlarini olganlar.