TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari O‘zbeksitonga xorijdan kelgan pochta jo‘natmalari ichidan psixotrop dori vositalarini fosh etishdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, fuqarolar Yu.I., A.A., B.A. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda “CN22” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 300 dona “Fenazepam”, “Lorazepam” hamda “Oksazepam” psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, mazkur post xodimlari tomonidan fuqarolar O.K., B.N.,O.F. nomiga kelgan pochta jo‘natmalari orasidan esa 204 dona “Tramadol”, “Andipal”, “Rokatset plyus” kabi psixotrop tabletkalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat’iyan taqiqlangan.