TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi ayol rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 2019-yil 11-fevral kuni vaqtincha Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 27 yoshli ayol mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi 56 yoshli rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada er kasalxonaga yotqizilib, ayol ushlangan.
Toshkentda 15 yoshli qizni shafqatsizlarcha bo‘g‘ib o‘ldirishda gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.