Terrorchilar Afg‘onistonni yarmidan ko‘pini egalladi. AQSh qayerda edi?

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington Afg‘onistondagi vaziyatni imkon qadar tezroq izga solishga intilayotgani haqida bayonotlar qiladi, ammo amaliyotda AQSh harakatlari faqat qarama-qarshi natijani bermoqda.

Afg‘oniston bir necha o‘n yillikdan buyog‘iga dunyo xaritasida eng qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda. Moskva va Vashington bu mamlakatda qanday manfaatlarni ko‘zlamoqda? So‘nggi 17-yil davomida toliblar mamlakatning deyarli 70%ini egallab olishganini qanday izohlash mumkin? Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Ikkinchi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulov shular haqida gapirdi.

Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston
Ismatulla Irgashev Afg‘oniston-O‘zbekiston loyihalari haqida

Muammoning hal bo‘lishidan faqat mintaqa mamlakatlari manfaatdor

– Rossiya va Amerikaning bugungi kunda Afg‘onistondagi manfaatlari nimadan iborat?

– Rossiya Afg‘onistonga u tinch, stabil, mustaqil va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, terrorizm va narkotiklardan ozod mamlakat sifatida shakllanishida yordam beradigan siyosatni izchillik bilan amalga oshirmoqda. Mana shu asosda bizlar Afg‘onistonga ham fuqarolik, ham harbiy va politsiya sohasi yo‘nalishlarida milliy kadrlarni tayyorlashda yordam berib kelmoqdamiz. E’tiborlisi, rossiya ta’limiga yildan yilgan IAR abituriyentlari orasida talab oshmoqda. Joriy yilda fuqarolik kasblari yo‘nalishlarida faqatgina Afg‘oniston fuqarolari uchun bitta o‘ringa 14 kishi da’vogarlik qildi. Kelasi yilda afg‘on yoshlarini Rossiya budjeti hisobidan o‘qitish kvotalari oshirilishi mumkin. Hozirda bu ko‘rsatkich 363 kishini tashkil etadi.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDirektor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov
Terrorchilar Afg‘onistonni yarmidan ko‘pini egalladi. AQSh qayerda edi? - Sputnik O‘zbekiston
Direktor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov

Bundan tashqari, bizning urinishlarimiz Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoniga kollektiv ko‘maklashishga qaratilgan. To‘qqizinchi noyabr kuni Moskva formatidagi maslahatlashuvning ikkinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Unda Rossiya, Afg‘oniston, Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlar - Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Pokiston, shuningdek, afg‘on mojarosining bir-biri bilan kurashayotgan tomonlari - toliblar harkati hamda "Tinchlik oliy kengashi" - hukumat tarafidan bo‘lgan jamoatchilik tashkiloti vakillari qatnashdilar.

Afg‘onistonning bir-biriga qarshi bo‘lgan ikkala tomoni o‘rtasida norasmiy muloqot o‘tkazildi, va biz buni afg‘onlararo inklyuziv muloqotning ishga tushirilishida muhim qadam, deb hisoblaymiz.

Bu kabi formatlarda urinishlarimizni davom ettirishni rejalashtirapmiz, va Afg‘onistondagi hozirda mavjud bo‘lgan muammolar kaliti, shu jumladan, terroristik va narkotik xavflarning yo‘q qilinishi mana shu milliy yarashuvda, ekanligiga aminmiz.

Afg‘onistondan AQSh ko‘zlayotgan manfaatlarga kelsak, o‘ylaymanki, bu savolni amerika tomoniga yo‘llagan ma’qul. Biz esa AQSh gapda mamlakatda tezroq tinchlik o‘rnatishni istayotganini bildirayotgan, Qobulni toliblar bilan urinayotgan bir mahalda haqiqatda uning harakatlari teskari natija berayotganini kuzatmoqdamiz.

Dmitriy Verxoturov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida temir yo‘llar qurishi kerak - Verxoturov

AQSh 17-yil davomida boshidan rejalashtirgan maqsadlarini amalga oshirishi mumkin edi. Bu vaqt ular uchun yetarli edi. Agar yodingizda bo‘lsa, 2001-yilda toliblarning Afg‘onistondagi ishtiroki nolga teng edi, bugungi kunda esa toliblar mamlakatning 60%dan ortig‘ini nazoratda ushlab turishgani haqida gapirishmoqda - bu AQSh va NATOning Afg‘onistondagi ishtiroki natijasidir.

AQSh - olisda, biz uchun esa Afg‘oniston - biqinimiz hisob, shunday ekan, bu yerda gap Rossiya va bizning ittifoqdoshlarimiz milliy xavfsizlik manfaatlariga tahdid haqida bormoqda. Shu bois, biz ro‘y berayotgan voqealarni qo‘l qovushtirib kuzatib o‘tirolmaymiz.

Biz AQShga uning qo‘lidan hech vaqo kelmaganiga shama qildik, shu bois, endilikda afg‘on muammosini hal etishda regional yondashuvni shakllantirish borasida tashabbusni biz o‘z qo‘limizga olamiz.

Nega deganda, mintaqa mamlakatlari, xususan, Afg‘onistonning o‘zi ham, ushbu muammo hal bo‘lishidan manfaatdor.

17 yil avval toliblar hech narsani nazorat qilmagan

– Sher Muhammad Abbos Stanakzay, "Tolibon" harakati siyosiy ofisi yetakchisi Moskvadagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan yopiq matbuot-anjumani vaqtida Afg‘oniston hududining 70% i toliblar nazoratida ekani haqida aytgan edi. Bu raqamlar qanchalik haqiqatga yaqin?

– Bu haqiqatga mos tushishi mumkin. Yana gap sutkaning qaysi qismi haqida borayotganini ham inobatga olish zarur. Agar gap tun haqida borayotgan bo‘lsa, toliblar balki undan ham ko‘prog‘ini (nazorat qilishadi), buning sababi u yerda afg‘on hukumati yo‘q ekanligida.

Vivod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik oddiy askar Azimov Afg‘onistonning bitmas jarohati haqida

Biz nazorat va ta’sir tushunchalarini alohida-alohida olib qaraymiz. Toliblar o‘z nazoratiga olgan, u yerda o‘z ma’muriy boshqaruvini tashkil qilgan, va rasmiy hukumat bilan teppa-teng mavjud bo‘lgan hududlar bor. Lekin shu bilan birga, afg‘on hukumati emas, toliblar katta ta’sirga ega bo‘lgan tumanlar mavjud. Xalq o‘z muammosi bilan hukumat tayinlagan emas, balki adolatliroq va haqgo‘y, deb sanagani uchun "Tolibon"dan chiqqan sudyaga boradi.

Nazorat masalasini har xil tushunish mumkin. Asosiy tendensiya shundaki, 17-yil oldin toliblar hech narsani nazorat qilmaganlar, bugun esa biz ahamiyatga ega raqamlar haqida gapirmoqdamiz. Mana shular haqida o‘ylab ko‘rish lozim.

– Afg‘onistonlagi milliy yarashuv jarayoniga nima ko‘mak berishi mumkin? Afg‘onistonda toliblar ta’siri kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, "Tolibon" va AQSh vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lishi mumkinmi?

– Toliblar harakati va AQSh vakillari o‘rtasida norasmiy maslahatlashuvlar hozir ham olib borilmoqda. Ammo toliblar hozircha Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga shoshilishmayapti, ular asirlarni ozod etish, toliblarga qarshi propagandani to‘xtatish va mamlakatdan chet el qo‘shinlari chiqarish kabi dastlabki shartlarni ilgari surishmoqda. Rasmiy muloqotning yo‘lga qo‘yilishi vaqti tomonlar qanchalik tez "umumiy maxrajga" kelishlariga bog‘liq.

Vashington va Qobulning mintaqa mamlakatlari tomonidan amalga oshirilayotgan kollektiv urinishlarga nisbatan konstruktiv pozitsiyasi ham milliy yarashuv jarayoni oldinga siljishiga yordam berardi, deb o‘ylaymiz.

Ammo bu muammoning yechimi, so‘zsiz, mojaro ishtirokchilarining bir-biriga bo‘lgan ishonchi, o‘zaro maqbul bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun ularda siyosiy iroda mavjudligiga bog‘liq.

Afg‘oniston terrorchilar uchun plasdarm

– Bugungi kunda Afg‘onistonda IShID tarqalishi bilan bog‘liq holat haqida nima deya olasiz?

Prezident Respubliki Afganistan, generalniy sekretar Narodno-demokraticheskoy partii Afganistana Moxammad Nadjibulla (v sentre) s jitelyami Kabula. - Sputnik O‘zbekiston
Yelsin xoinlik qilmaganida, Afg‘onistonda vaziyat boshqacha bo‘lardi - ekspert

– Afsuski, IShID mamlakatda, shu jumladan uning shimoliy provinsiyalarida ham o‘z ishtirokini kuchaytirishda davom etmoqda. Ayni vaqtda Afg‘onistonda turli manbalarga ko‘ra, 3,5 mingdan to o‘n ming nafargacha ishidchilar mavjud. Terroristik guruh, ayniqsa, Nangarxor, Kunar va Nuristonda faol. Afg‘onistonda jangarilarni tayyorlovchi lagerlar tarmog‘i tashkil etilmoqda va u yerda Rossiya hamda Markaziy osiyo davlati vakillari ham dars olishmoqda. IShID o‘z tomoniga og‘dirilgan jangari-toliblar hamda Yaqin Sharqdan qaytayotgan terrorchilar hisobiga o‘z tarkibini kengaytiradi.

Afg‘oniston shimolida IShID jangarilari soni ayrim fikrlarga ko‘ra, 3 mingga yetadi, ularning aksariyati Jauzjon, Sari-Pul, Qunduz va Farob provinsiyalarida qo‘nim topgan. Ishidchilar o‘z tayyorlov bazalari, yollash punktlari shuningdek, nazoratda ushlab turgan masjidlariga ega.

O‘ylashimizcha, ishidchilar maqsadi - Afg‘oniston shimolini plasdarmga aylantirish va Markaziy Osiyo davlatlariga tarqalishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0