Afg‘onistonlik oshpaz Naqibullo: O‘zbekiston o‘ylaganimdan ham go‘zal ekan

© Foto iz lichnogo arxiva Nadjibulli KorgaraShef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Kargar za prigotovleniyem blyud
Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Kargar za prigotovleniyem blyud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Naqibullo intervyu so‘nggida O‘zbekistonda hali ko‘p ishlash rejasi borligini, mamlakat aholisi esa o‘zida boshqacha mehr uyg‘otganini aytadi. "Insonlarga muhabbatli, o‘zgaga ozor, zarar bermaydigan xalq ekan, menga shu yerda bo‘lish baxti nasib etganidan juda ham xursandman", deydi u

Afg‘oniston bugungi kunda tinch hayotga qaytishga harakat qilmoqda, O‘zbekiston esa bu borada o‘z "birodari"ga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor. Hamkorlikdagi muzokaralar, loyihalar va savdo kelishuvlari buning yaqqol dalilidir.

Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani 400-yildan keyin odamlar o‘zi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi

O‘zbekistonda shuningdek, qo‘shni davlat kompaniyalari va xususiy tadbirkorlari soni ham kundan-kunga ortmoqda. Bunda afg‘on tadbirkorlarini AIRsi bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatidagina emas, balki boshqa regionlarda ham ko‘plab uchratish mumkin. Misol tariqasida, yaqinda Toshkent shahrida ochilgan afg‘on madaniyatining mitti orolchasi bo‘lmish, afg‘on milliy oshxonasi taomlari tayyorlanadigan jozibador "Pudding" restoranini keltirish mumkin.

Restoran ixchamgina bo‘lsa-da, zal va tamaddi qilinadigan xonalar bezagi har qanday insonni hayratlantirishi turgan gap. Bu yerga qadam qo‘yishingiz bilan, sharqona dunyoga tushasiz.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInteryer afganskogo restorana v Tashkente
Afg‘onistonlik oshpaz Naqibullo: O‘zbekiston o‘ylaganimdan ham go‘zal ekan - Sputnik O‘zbekiston
Interyer afganskogo restorana v Tashkente

Restoran bosh oshpazi Naqibullo Kargar tayyorlaydigan taomlarning barchasi afg‘on retsepturasi asosida, qo‘shni mamlakatdan maxsus keltiriladigan mahsulotlar, noyob o‘simlik va ziravorlar asosida tayyorlanadi.

Naqibullo Kargar 29 yoshda. Afg‘onistonning Farob viloyatidan. 

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar
Afg‘onistonlik oshpaz Naqibullo: O‘zbekiston o‘ylaganimdan ham go‘zal ekan - Sputnik O‘zbekiston
Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar

"O‘zbekistonga kelganimga ikki oy bo‘ldi. Oshpaz oilasida dunyoga kelganman. Eng yaxshi kasb - ota kasb, deya shu sohani tanladim. Toshkentga restoran egasining taklifi bilan kelganman. Mamlakatlarimiz o‘rtasida aloqalar yaxshi tomonga o‘zgarishni boshlashi bilanoq, menda ham O‘zbekistonda ishlash imkoni paydo bo‘ldi", - deydi Naqibullo. 

Bosh oshpazning aytishicha, ishi u qadar qiyinmas, o‘zbekistonliklar uchun afg‘on taomlarini maromiga yetkazib tayyorlay olishini aytadi.

Afg‘oncha palovlardan tashqari, mo‘rg‘i (qush) kabob, sepida (sochma) kabob, lo‘li kabob, go‘sht, jigar kaboblar, alfa-maraviy (tirik tovuqdan tayyorlanadigan) kabob, shomi (kechqurun uchun tayyorlanadigan) kabob, asosan barra qo‘zichoqdan tayyorlanadigan go‘sht kaboblarni tayyorlash bo‘yicha ustaligini aytadi.

Naqibullo retsepti bo‘yicha quyidagi go‘sht-kabobni tayyorlab ko‘rishingiz mumkin: 6 oylik qo‘zi go‘shti olinadi va po‘stidan tozalanadi. Mayda bo‘laklarga bo‘linib, tuzlanadi. So‘ngra yaxshilab yanchilgan chesnok va va piyoz suvi aralashtirilib, go‘shtga qo‘shiladi, aralashtiriladi. Ustidan quritilgan va maydalangan anjir va ozroq yog‘ qo‘shilib, yana aralashtiriladi. Bir kecha shu marinadda turgan go‘shtdan og‘izda eriydigan kabob tayyorlash mumkin.

© Iz lichnogo arxiva Nakibulli KorgaraShashlik, prigotovlenniy povarom iz afganskogo restorana v Tashkente
Afg‘onistonlik oshpaz Naqibullo: O‘zbekiston o‘ylaganimdan ham go‘zal ekan - Sputnik O‘zbekiston
Shashlik, prigotovlenniy povarom iz afganskogo restorana v Tashkente

Naqibullo intervyu so‘ngida O‘zbekistonda hali ko‘p ishlash rejasi borligini, mamlakat aholisi esa o‘zida boshqacha mehr uyg‘otganini aytadi. "Insonlarga muhabbatli, o‘zgaga ozor ham zarar ham bermaydigan xalq ekan, menga shu yerda bo‘lish baxti nasib etganidan juda ham xursandman", deydi u.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar pokazivayet interyer zavedeniya
Afg‘onistonlik oshpaz Naqibullo: O‘zbekiston o‘ylaganimdan ham go‘zal ekan - Sputnik O‘zbekiston
Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar pokazivayet interyer zavedeniya
Yangiliklar lentasi
0