AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash haqida qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishZdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone.
Zdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida Rossiya banklariga qarshi saksiyalar qo‘llash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi suyultirilgan tabiiy gaz loyihalari va iqtisodiyotning kibersektoriga qarshi choralar ko‘rish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Amerikalik senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqida qonun loyihasini kiritishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident Litvi dalya Gribauskayte prinimayet uchastie v rabote Yevropeyskogo soveta v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Litva Rossiyaga qarshi sanksiya kiritdi

“AQSh saylovlariga aralashuv”, “Suriyada zararli ta’sir” va “Ukrainadagi tajovuz”, shu jumladan Kerch bo‘g‘ozidagi holat uchun cheklovlar kiritish taklif qilinmoqda.

Moskva bir necha marta bu masalalar bo‘yicha ayblarni rad etib kelmoqda.

Qonun loyihasida Rossiya banklariga qarshi saksiyalar qo‘llash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi suyultirilgan tabiiy gaz loyihalari va iqtisodiyotning kibersektoriga qarshi choralar ko‘rish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Rossiya suveren qarzi bilan bog‘liq yangi kelishuvlar va Rossiya rahbariyati nomidan korrupsion faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga sanksiyalar kiritish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiyada neft xomashosini ishlab chiqarishga qarshi sanksiyalar kiritish taklif qilingan.     

Qonun loyihasi “Kerch bo‘g‘ozidagi holatga aloqador bo‘lgan 24 ta FXX agentlariga” sanksiyalar kiritish taklif qilingan.

Yana bir taklif – Kerch bo‘g‘ozidagi kema yurish erkinligi tamoyillari buzish holatlarida Rossiya kemalar qurish sektoriga qarshi sanksiyalar qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, senatorlar AQSh Davlat departamentiga Rossiya terrorizm homiy-mamlakat ekanligi haqida xulosa tayyorlash taklif qilindi. Shuningdek, siyosatchilar Vladimir Putinning aktivlari va Boris Nemsov qotilligi haqida bayonot tayyorlash taklif qilindi.

Yangiliklar lentasi
0