TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Vilnyus Qora dengizdagi holatdan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiya kiritdi. Bu haqda Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Ukraina prezidenti Potr Poroshenko bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Biz xalqaro tashkilotlar Rossiya harakatlariga qarshi hech qanday chora ko‘rmaganligini bilamiz, biroq biz Kerch bo‘g‘ozidagi hujumga qarshi protest sifatida o‘zimizning milliy sanksiyalarimizni joriy etdik”, - dedi Litva prezidenti.
Litva prezidenti so‘zlariga ko‘ra, birinchi bo‘lib sanksiya kiritish oson bo‘lmadi.
“Masalan, biz Rossiyadan shaxsiy tahdidlarni olmadik, ammo mening vazirlarim, Litva tashqi ishlar vaziri ularni oldi”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Shu o‘rinda Gribauskayte aynan qanday sanksiyalar kiritilganligi va vazirlar qanday tahdidlarni olganligiga aniqlik kiritmadi.
Brusseldagi manbaa ma’lumotlariga qaragandan, Yevropa ittifoqining qator davlatlar, xususan Fransiya va Germaniya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni joriy etishni erta deb hisoblashgandi.
Yevropa ittifoqning umumiy bayonotida sanksiyalar haqida hech narsa aytilmagan. Bayonot barcha a’zo-davlatlar tomonidan tasdiqlangan.
Kerch bo‘g‘ozidagi provokatsiya
Shu yil 25-noyabr kuni Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga tegishli bo‘lgan 3 ta kema Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan.
Ukraina buksiri “Yani Kapu” hamda zihrli qayiqlar “Berdansk” va “Nikipol” xavfli harakatlarni amalga oshirgan va Rossiya chegara xizmatining to‘xtash haqidagi talablariga bo‘ysunmagan.
Cheragachilar Ukraina kemalarini qo‘lga olishdi. 24 nafar harbiylarga davlat chegarasini buzish bo‘yicha ayblanib, hisbga olindi.
Bundan keyin Kiyev Moskvani agressiyada ayblab, o‘nta viloyatda harbiy holatni kiritdi.
Vladimir Putin Kerch bo‘g‘ozidagi holat oldindan rejalashtirilgan provokatsiya ekanligi va u prezidentlik saylovlaridan oldin Potr Poroshenkoning past reytingi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.