TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiya delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Rosgvardiya matbuot xizmati xabar qildi.
2019 yilga hamkorlik qilish chora-tadbirlar rejasini imzolash rejalashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, tashrifning birichni kunida delegatsiya a’zolari Ostankino teleminorasiga kelishdi. U yerda o‘zbek mutaxassislariga telemarkazni qo‘riqlash tartibi namoyish qilindi.
Tashrif dasturida Moskva va uning viloyati hududida joylashgan Rossiya milliy gvardiya boshqarmalari tashrif buyurish hamda Rossiya milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Grishenko bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
Shuningdek, “MIFI” yadro milliy tadqiqot universtitetida davlat obyektlarini qo‘riqlash masalalari bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi.
Bundan tashqari o‘zbekistonlik hamkasblarga Rosgvardiya qo‘riqlash bo‘linmalarida foydalaniladigan texnika va transport vositalari hamda harbiy komendaturada va avtomobil nazoratdan o‘tkazish joylari namoyish qilinadi.
Mehmonlarga Rosgvardiyaning Moskva viloyati bo‘yicha navbatchilik qismi bo‘linmalarining ish faoliyati ko‘rsatiladi.
Delegatsiya a’zolari Rossiya milliy gvardiya qo‘shinlari markaziy muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishadi.