Mirziyoyev Milliy gvardiya IIV va Mudofaa vazirliklariga raqib ekanini aytdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha Toshkent tajribasi ish bermoqda, lekin hali oldinda amalga oshiradigan ishlarimiz ko‘p, dedi O‘zbekiston rahbari

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. "Nima uchun Milliy gvardiyani tashkil qildik? Nega desangiz, Ichki ishlar organiga jamoat tartibini saqlash bo‘yicha raqobat bo‘lishi kerak. Bitta organga ishonsak, hech qachon natija bo‘lmaydi. Faqat IIV emas, kerak bo‘lsa Mudofaa vazirligini ham qo‘shamiz", dedi Konstitutsiyaning 26-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet grajdan s Dnem Konstitutsii - Sputnik O‘zbekiston
"Islohotlar, sudyalar va pensiya": Mirziyoyev Konstitutsiya bayramida nimalar haqida gapirdi

"...jinoyat oldin qachon sodir bo‘lardi? Kechasi 11dan (ertalab) oltigacha. Lekin 11dan oltigacha hamma idoralar rahbarlari dam olardi. Bu qanday jinoyatni jilovlash bo‘ldi? ... Shu uchun kechasi Toshkentda sudya ham, prokuror ham ishlaydi. Kechasi Toshkentda ishlaydigan alohida Milliy gvardiya, alohida ichki ishlar organlari rahbarlari (bor). Bevosita 24 soatlik ishga o‘tilgan", - dedi prezident.

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy jinoyatchilik 36%ga kamayishi erishilgani, 3205ta yoki 35%dan ziyod mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagan.

Mirziyoyev Milliy gvardiya nima uchun tuzilganiga to‘xtalar ekan, u mamlakat tinchligini saqlash uchun tuzilganini ta’kidladi.

"...jahon hamjamiyatiga chiqayapmiz O‘zbekiston nomini tarannum etib. Ular birinchi so‘raydi, u yurt tinchmi deb. Eng katta kafolat ana shu tinchligimiz. Shuni uchun kecha bitta qaror qabul qildik. Qoraqalpog‘iston respublikasida jinoyatchilikning olidini olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim - Qoraqalpog‘iston tajribasi bo‘ladi", - dedi O‘zbekiston rahbari va bu haqda keyinchalik o‘zi hisobot berishini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston rahbari korrupsiya bor joyda jinoyat ochilmay qolishini, shu bois, endilikda jinoyatni ochmaydigan uchastkavoylar jarimaga tortilishini qo‘shimcha qildi.

"Hozir ichki ishlar tizimida hamma bir xil oylik oladi. Endi unday bo‘lmaydi. Jinoyatni ochgan odamga oyligiga katta pullar beramiz, jinoyatni ochmagan uchastkavoylar oyligiga 50% jarima solamiz. Adolat hamma joyda bo‘lishi kerak. Ishlagan odamni rag‘batlantiramiz, ishlamagan odamlar bilan xayrlashamiz", dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0