Eski texnika, paxta terish mashinalari va yangi tajriba: prezident qarori loyihasi tayyorlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistavka selxoztexniki v Sirdarinskoy oblasti
Vistavka selxoztexniki v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligining texnik bazasini mustahkamlashga doir prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. “Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining paxta xom ashyosini paxta terish mashinalarida yig‘ib terib olishni rag‘batlantirish maqsadida Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo
va Toshkent viloyatlarining qishloq xo‘jaligi korxonalariga 2019-yilda yuqori unumdor paxta terish mashinalarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan imtiyozli lizing asosida yetkazib berib, ushbu viloyatlardagi paxta terish mashinalari xizmat haqining 30 foizini 2019-yilda davlat mablag‘lari hisobidan qoplab berish bo‘yicha tajriba (eksperiment) o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Vetochki xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta, subsidiya va tomchilab sug‘orish: Moliya vazirligi yangi qaror loyihasini tayyorladi

Qaror loyihasida aytilishicha, “O‘zagrotexsanoatxolding”AJ huzuridagi qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida 400,0 mlrd. so‘m (40 mln.yevro ekvivalentida) miqdorda yillik 7 foiz stavkada qarz mablag‘larini 24 oy muddatga mavsumiy qishloq xo‘jaligi texnikalarini o‘z vaqtida ishlab chiqarish uchun bir oy muddatda ajratilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, qaror loyihasida 2020-yil 1-yanvargacha paxta-to‘qimachilik klasterlari, mashina-traktor parklari hamda fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikamizning qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chikaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta terish va g‘alla o‘rish texnikalarini sotish aylanmalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish topshirig‘i bayon etilgan.

Yangiliklar lentasi
0