Belorussiyada o‘smir maktab o‘qituvchisi va o‘quvchisini pichoqladi

CC0 / pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus Respublikasining Stolbsi shahridagi 2-son maktabda o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qildi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Belarus Respublikasining Stolbsi shahridagi 2-son maktabda o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘g‘ib o‘ldirilgan 15 yashar qiz: qotillikning dahshatli tafsilotlari

Xabarda qayd etilishicha, o‘qituvchi va o‘smirlardan biri olingan jarohat tufayli vafot etgan, yana ikkita o‘quvchi zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, 2003-yilda tug‘ilgan o‘smir ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda. Jinoyatchi voqea joyidan  yashiringan. Minsk viloyatining oltida tumanida “Sirena” rejasi joriy etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan ikkita odamni o‘ldirish moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0