TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ilk bor Montessori tizimida bolalar uchun ovozli (gapiruvchi) kitobcha chop etmoqda. Bu haqda Agentlikning Telegram rasmiy kanalida xabar berildi.
“Mazkur kitobcha yordamida bolalar rus alifbosi bilan tanishtiriladi. Maxsus tugmalar bosilganda har bir harfning ovozli talaffuzi yangraydi va bolalar o‘z talaffuzini ovozli namuna bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi” – deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, har bir sahifada alifbo harflari bilan boshlanadigan narsa-buyumlarning rasmi ham aks etgan. Bolalar bu rasmlar orqali narsa-buyumlar qanday nomlanishini eshitib o‘rganib olishi mumkin. Kitobchada har bir harf uchun o‘sha harf bilan boshlanuvchi to‘rtlik she’rlar berilgan. She’rlarning audio shakli ham mavjud. Ushbu kitobchadan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda ota-onalar foydalanishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab yozuv motorikasini, so‘zlashuv nutqini rivojlantirish bilan shug‘ullanish juda muhimdir. Bolalar diqqatini matnga jalb qilishda ushbu ovozli “ABVGDEyka” alifbo kitobi katta yordam beradi.
Jumladan:
- bola u bilan mustaqil shug‘ullana oladi;
- u bolaga xohlagancha takrorlash imkonini beradi;
- bola o‘z shaxsiy ritmi asosida ishlay oladi.
Endilikda O‘zbekistonda xorijiy davlat diplomlari tan olinadi
“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019-yilda ushbu kitobning o‘zbek tilidagi “ALIFBO”sini hamda sanoq sonlar va hayvonlar haqidagi variantini chop etishni rejalashtirgan.