TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Mudofaa vaziri lavozimida bo‘lgan Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi. Bu xabarni Sputnik agentligiga Mudofaa vazirligida tasdiqlashdi.
"Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident farmoni imzolangan”, - deb ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.
2018 yil yanvar oxirida Shavkat Mirziyoyev MXX raisi lavozimiga, tashkilotga 1995-yildan beri rahbarlik qilib kelgan Rustam Inoyatov o‘rniga Ixtiyor Abdullayevni tayinlagandi.
Abdusalom Azizov 2017-yil sentabr oyida Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangandi.