Jizzaxda “Ilg‘or hudud” biznes-inkubatori ochiladi

© pixabayMujchina sidit u kompyutera
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha boshqaruv milliy agentligi bilan tadbirkor orasida investitsion memorandum imzolanib, sheriklik asosida biznes yuritish ham ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Jizzax shahrida 2019-yilning 1-martidan boshlab O‘zbekiston , “Ilg‘or hudud” biznes-inkubatori ochiladi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi.

“Ilg‘or hudud” biznes-inkubatori Loyiha boshqaruv milliy agentligi tomonidan tashkil qilinadi. Biznes-inkubator yosh tadbirkorlarga biznes reja tuzish, xavf-xatarlarni to‘g‘ri hisoblash, mahsulotni sotish kanallarini tashkil qilish va investor topishga yordam beradi.

Kalkulyator i yevro - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-martdan boshlab biznes yuritish osonlashadi

“Biznes-inkubatorning asosiy maqsadi- tadbirkor o‘z g‘oyasi bilan bu yerga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari hamda mutaxassislari bilan birgalikda o‘z g‘oyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan so‘ng, biznes-reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertizadan o‘tadi. Tanlov natijalarga ko‘ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi. G‘olib chiqqan tadbirkor hamda  Loyihalarni boshqarish milliy agentligi o‘rtasida investitsion memorondumga imzo qo‘yiladi. Natijada ular o‘rtasida sheriklik munosabatlari shakllanib (har bir tomon loyihaga o‘zining ma’lum aktivini kiritadi) birgalikda investitsion loyihani amalga oshiradilar”, - deyilgan xabarda.

© Jizzax.uzBiznes-inkubator v Djizzakskoy oblasti
Jizzaxda “Ilg‘or hudud” biznes-inkubatori ochiladi - Sputnik O‘zbekiston
Biznes-inkubator v Djizzakskoy oblasti

Shuningdek, Loyiha boshqaruv milliy agentligi bilan tadbirkor orasida investitsion memorandum imzolanib, sheriklik asosida biznes yuritish ham ko‘zda tutilgan.

“Eng asosiysi - tadbirkorning loyiha bo‘yicha barcha ehtimoli bor xatarlariga sherik bo‘lishga tayyordir”, - deyilgan xabarda.

Biznes inkubatori tashkilotchilari “Ilg‘or hudud” viloyatda yoshlar orasida samarali ishbilarmonlik muhiti rivojlantirishiga ishonchi bildirishmoqda.

 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0