TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekistonda 2019 yilning 1-martidan boshlab tadbirkorlik va biznes yuritish sohasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan.
Xususan, tadbirkorlarni ro‘yxatga olish tartibi osonlashadi.Ular hato masofadan turib ro‘yxatdan o‘tishlari, bankda hisob raqamlari ochishlari mumkin bo‘ladi.
Ikkinchidan, qurilishga ruxsat olish jarayoni osonlashadi. Xususan, yer maydonlarini auksionda olish tartibi va ulardan foydalanish tarbi osonlashadi.
Elektr tarmoqlariga ulanish jarayonida ham bir qator yengilliklar bo‘lishi kutimoqda.
To‘rtinchidan, mol-mulkni ro‘yxatga olish tartibi, kadastr ishlarini yuritish ham osonlashadi.
Aksionerlarning huquq va imkoniyatlari kengaytiriladi. Ularga jamiyat a’zosini yetkazgan zarari uchun javobgarlikka tortish huquqi beriladi.
Shuningdek xalqaro sado va shartnomalarni ijro etish borasida ham bir qator o‘zgarishlar nazarda tutilgan.
Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tnishishingiz mumkin.