Olimlar g‘iybat qilishning foydasini isbotlashdi

© AP Photo / Umida AkhmedovaJenshini beseduyut na rinke
Jenshini beseduyut na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anonim so‘rovlarda odamlar boshqalarni orqasidan “muhokama” qilishni yaxshi ko‘rishlarini tan olishdi.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Sotsiologlar kundalik suhbatimizning kamida uchdan bir qismi mish-mish va ovozalardan iboratligini ma’lum qilishdi. Anonim so‘rovlarda odamlar boshqalarni orqasidan “muhokama” qilishni yaxshi ko‘rishlarini tan olishdi. Ayollarni ko‘pincha kundalik hayot va atrofdagilar tashqi qiyofasi, erkaklarni esa karyera va ish haqi qiziqtiradi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, gap-so‘zlarga moyillik qadimda ajdodlarimiz o‘rtasidagi tabiiy saralashga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, bugungi kunda esa ijtimoiy aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. RIA Novosti xabariga asosan.

S mujem shutki ploxi: jenix jestoko prouchil nevestu na svadbe - video - Sputnik O‘zbekiston
Qaltis hazil: to‘yda kelin kuyovning g‘azabini keltirdi - video

Italiya olimlari boshqa kishilarni muhokama qilish organizmdagi ishonch gormoni – oksitotsin oshirishini aniqlashdi. Ular o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, ikkita yaxshi tanish bo‘lgan dugona o‘zaro uchinchi dugonalarining homilador bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkinligini haqida g‘iybat qilishadi. Tadqiqot so‘nggida ularning tupuk namunalari olinadi va ulardan anketa to‘ldirishlari so‘raladi.

Tupuk tahlillari mish-mishlarni muhokama qilish kuchli oksitotsinni keltirib chiqarganini ko‘rsatdi. Tadqiqotda ishtirok etgan har ikkala qiz organizmidagi ishonch gormonining darajasi bir xilda oshadi. Gormonli holat shunchaki begonalarning siri haqidagi suhbat tufayli o‘zgargan.

Musulmanskaya devushka v magazine u svadebnogo platya - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zing ahmoq”: Quvaytda to‘ydan so‘ng 3 daqiqa o‘tib, kelin-kuyov ajrashdi

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, organizmning shunga o‘xshash biokimoviy reaksiyasi g‘iybat inson evolyutsiyasida muhim rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Muloqotdan va sirlar bilan bo‘lishishdan bahramand bo‘lish ajdodlarimizga katta guruhlarda hayotning norasmiy qoidalarini o‘rnatish, obro‘-e’tiborni baholash va o‘zaro ishonchni qo‘llab-quvvatlashda yordam bergan.

Televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazish o‘ta xavfli xastalikni keltirib chiqaradi – olimlar

Stenford universiteti olimlarining fikricha, bugungi kunda mish-mishlar, gap-so‘zlar mustahkam ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga – hamkorlikka hozir bo‘lgan odamlar bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, uni ranjitmoqchi bo‘lgan shaxslarda xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.

Yangiliklar lentasi
0