Yumshoq tajovuz: AQSh bilan harbiy hamkorlik O‘zbekistonga qanday xavf tug‘diradi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana
Sovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko AQSh va Rossiya o‘rtasidagi O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik uchun raboqat to‘g‘risida

O‘tgan yil mudofaa sohasidagi harajatlar miqdori YaIMning 4%ini yoxud 1,4 milliard dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston bilan do‘stlik va harbiy-texnik hamkorlik uchun AQSh va Rossiya o‘rtasida geosiyosiy kurash davom etmoqda. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi rahbari Jozef Votel senatning harbiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi eshituvida Toshkentning Amerika qurollarini olish bo‘yicha bildirayotgan qiziqishlari hamda diversifikatsiya borasidagi rejalari "O‘zbekistonni Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirishning noyob imkoniyati”ni yaratishini bejizga aytib o‘tmadi. Shu bilan birga, general, Amerika qurol tizimlari Rossiyadagi muqobilidan ko‘ra qimmatroq turishini aytib noliganday bo‘lgan edi.

Jiteli Sevastopolya vstretili amerikanskiy fregat aksiyey protesta - Sputnik O‘zbekiston
Amerika generali AQSh qanday qilib O‘zbekistonni Rossiyadan "tortib olishini" ochiq aytdi

Toshkent o‘z armiyasini 2020-yilga qadar eng yangi qurollar bilan qayta ta’minlashni va modernizatsiyalashni rejalashtirgan. Qo‘shinlar o‘ta qimmatbaho Havoga qarshi mudofaa vositalari, vertolotlar, bronetank texnikasi, artilleriya tizimlariga ega bo‘ladi. Qayta qurollanish uchun yiliga ajratiladigan 1 milliard dollardan ziyod mablag‘lar – Qo‘shma Shtatlar harbiy-sanoat majmuasi uchun jozibali yutuqdir. Rossiyani Markaziy Osiyo qurol bozoridan siqib chiqarish – amerikaliklarning ustuvor vazifasi ekani hech kimga sir emas va AQSh Kongessida yuqorida keltirilgan general Votel bayonoti yangrashi, ya’ni bu qadar ochiqlik – kamdan-kam yuz beradigan voqelik sanaladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining farmoni bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlagan edi. AQSh bilan harbiy-texnik hamkorlik, harbiy ta’lim va kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Bundan oldin (2012 yil) O‘zbekiston KXShT(ODKB)ni tark etgan va Qurolli kuchlarning jadallashtirilgan modernizatsiyasini e’lon qilgan hamda harbiy sohada NATOning qator mamlakatlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi.

Modernizatsiya xususiyatlari

So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston mudofaa imkoniyati sezilarli darajada o‘sdi. Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini tuzadigan Global Firepower reytingida O‘zbekiston armiyasi 136 davlat ichidan 39-o‘rinni (Ruminiya va Belarusdan yuqori) egallab kelmoqda. O‘ylaymanki, 56,5 ming nafar harbiy xizmatchisi bor ixcham armiya uchun bu juda yaxshi natija (qiyoslash uchun - o‘sha Ruminiya armiyasida 73 ming nafar askar bor).

Patrioticheskiy rolik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

O‘zbekiston quruqlikdagi qo‘shinlari tarkibida 420 dona tank, 715 dona piyodalar uchun jangovar harbiy mashina, 143 dona o‘zi yurar artilleriya qurilmalari, 880 dona artilleriya qurollari va 109 dona zalp bilan o‘q otuvchi qurollar mavjud. Mamlakat Harbiy-havo kuchlari esa 69 dona qiruvchi, 89 dona front-bombardimonlari, 88 dona transport samolyotlari, 73ta vertolotlar, shu jumladan, 25 dona zarba beruvchi vertolotlarga ega. Raqamlar zo‘r taassurot uyg‘otadi, biroq, milliy xavfsizlik manfaatlari va Afg‘oniston bilan umumiy chegara ko‘p narsaga mas’ul etadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev armiyani modernizatsiya qilish va milliy mudofaa-sanoat majmuasini shakllantirish uchun xorij davlatlardan ko‘makni faol jalb etmoqda: bir vaqtning o‘zida harbiy-texnik hamkorlikni nazarda tutuvchi 13 ta "yo‘l xaritasi" amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik uzoq vaqtdan buyon "Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma" va "Iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘ridagi shartnoma" asosida rivojlanib kelmoqda. O‘zbek armiyasi islomiy-jangarilarga qarshi kontrterroristik operatsiyalarni ko‘p jihatdan Rossiya bilan strategik sherikchilik tufayli muvaffaqiyatli yakunlagan va Markaziy Osiyoda eng kuchli armiya, deb tan olingan edi.

Rossiya, asosan, samolyotlar, Havoga qarshi mudofaa majmualari, zirxlangan texnika yetkazib beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi harbiy texnik hamkorlik 2019-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasiga ko‘ra rivojlanmoqda.

Amerikanskaya voyennaya texnika - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriyadan g‘oliblardek chiqib ketmoqchi – ekspert

Modernizatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida xususan, yaqinda O‘zbekistonga 10 donadan ziyod zarba beruvchi Mi-35 vertolotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani misol keltirish mumkin. Bu vint-qanotli mashina Markaziy Osiyoda yuz berayotgan harbiy amallar uchun yaratilgan bo‘lib, boshqa sohalarda jangovor qo‘llashda qayta qurollanish uchun texnologik namunadir. Mi-35ning o‘t qudrati asosiy raqiblariga qaraganda 140 foizga ortiqroq. Vertolot kabinasi ichida 8 nafargacha qurollangan harbiy xizmatchilarni, 1,5 tonnagacha o‘q-dorilarni yoki boshqa yuklarni tashishga qodir.

Diversifikatsiya shevasi

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Toshkentda NATOning mintaqaviy vakolatxonasi paydo bo‘ldi va respublika: Fransiyadan Airbus Helicopters kompaniyasining 14 dona harbiy vertolotlari, Ispaniyadan - 4 dona yengil turbovintli S-295W harbiy-transport samolyotlarini, Chexiyadan esa - aviatsiyaga oid radioelektron asbob-uskunani oldi.

Bolgariya granatomotlar uchun zarba zaradlari bilan ta’minlamoqda ("Arsenal JSCo" kompaniyasi). Isroil uchuvchisiz uchish apparatlarini modernizatsiyalashda yordam bermoqda. Toshkent Janubiy Koreyaning harbiy-sanoat majmuasiga qiziqish bildirmoqda. Qozog‘istondan bronetexnika keltirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Ozarbayjon va Belarus bilan harbiy-texnik hamkorlik rivojlanmoqda. Xitoy bilan harbiy ta’lim sohasida aloqalar muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. Tabiiyki, amerikaliklar ham o‘zbek harbiy islohotida ko‘maklashishga, o‘zlarining qurollarini ko‘proq sotishga harakat qilishmoqda. AQShning Markaziy Osiyoga yumshoq ekspansiyasi - siyosiy kengayishga intilishi tinmayabdi.

XTH bo‘yicha hamkorlarning mo‘lligi O‘zbekistonga o‘z harbiy qudratini yanada samarali kuchaytirishga va dunyo "markaziy kuchlari"dan teng masofada bo‘lishga imkon berayotgandek. Ammo har qanday harbiy mutaxassisga yaxshi ayonki, qurollanishning baynalmilal "kokteyli" qo‘shinlarga zarba qudratini oshirishdan ko‘ra, jangavorlikni qo‘llash va ekspluatatsiya qilishda katta muammo tug‘diradi. Xususan, amerika quroli, Janubiy Koreya taktik quroli "qorishmasi" va Xitoy metodikalari birikmasini tasavvur qilish juda murakkab.

Amerikanskiy flag pered Kapitoliyem v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh: Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda

Kadrlarni tayyorlash tizimi, qurol-aslaha arsenali, strategiya va taktika – bu yagona texnologik jarayonning alohida qismlari bo‘lib, ularning pirovard maqsadi qo‘shinning jangovar tayyorgarligi va nihoyat, jangda g‘olib chiqishga mo‘ljallangan. Texnologiya bo‘g‘inlaridan birini boshqasi bilan almashtirish butun harbiy organizmning transformatsiyasiga olib kelishi muqarrar. Misol uchun, o‘zbek harbiy mutaxassislarining Pentagon instruktorlaridan qayta ta’lim olishlari amerika qurol va jangovor qo‘llash standartlaridan foydalanishga, AQSh qurol va taktikalarini do‘stona vositalar, aloqa va axborot uzatish tizimi hamda standartlari bilan birgalikda qo‘llashga olib keladi. Bu kabi diversifikatsiya - Vashingtonga tobelikka olib boruvchi to‘g‘ri yo‘ldir. Amerika sanksiyalarini NATOning barcha davlatlari salyutlar bilan qarshi olar ekan, demak G‘arbiy Yevropadan qurol yetkazib berilishi ham Oq uyning birgina gajak imzosi bilan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Pirovardida, amerikaning xalqaro terrorizmga qarshi kurash tajribasi (xususan, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi besamar kechgan 18-yillik urinishlari) Markaziy Osiyoda ilg‘or taktika borasida yoxud biror kishini jang san’atiga o‘rgatishda namuna bo‘lib xizmat qilolmaydi.

Yangiliklar lentasi
0