Amerika generali AQSh qanday qilib O‘zbekistonni Rossiyadan "tortib olishini" ochiq aytdi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tishJiteli Sevastopolya vstretili amerikanskiy fregat aksiyey protesta
Jiteli Sevastopolya vstretili amerikanskiy fregat aksiyey protesta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
General Votelning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida AQShdan qurol sotib olishdan manfaatdor bo‘lib turgan yagona davlat O‘zbekistondir.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. AQSh hozirda bor harakatlarini Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirmasliklariga erishishga sarflamoqda. AQSh mintaqa mamlakatlari qurol-yarog‘ni Amerikadan sotib olishlarini istamoqda. Bu haqda AQSh QK Markaziy Qo‘mondonligi rahbari Jozef Votel senatdagi eshituv vaqtida bayonot qilgan.

Prezident Rossii Vladimir Putin prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Kimo‘zar o‘yini boshlanmoqda: AQSh qurol-aslaha poygasida Rossiyani ortda qoldirmoqchi

Votel amerika qurol tizimlari Rossiya analogidan ko‘ra qimmatroq turishini tan olgan.

"Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirmoqchimiz, ammo narxi qimmat amerika tizimi misol uchun Qozog‘iston singari davlatga bundan keyin ham muammoligicha qolaveradi", - deb aytgan u.

Votelning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida AQShdan qurol sotib olishdan manfaatdor bo‘lib turgan davlat O‘zbekistondir.

"O‘zbekiston harbiy qurol-yarog‘lar yetkazib berilishi tizimini diversifikatsiya qilishini ma’lum qildi va o‘zi qiziqish bildirayotgan amerika tizim va uskunalari ro‘yxatini taqdim etdi. Bunday manfaatdorlik tufayli O‘zbekistonni Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirish mumkin, bu noyob imkoniyatdir. Shu bois, endilikda O‘zbekiston va Amerika munosabatlari yanada chuqurlashishi mumkin", - dedi general.

Tojikiston haqida gapirar ekan, general, Moskva o‘z ta’sirini kuchaytirayotganiga va Dushanbe atroflarida o‘z harbiy ishtirokini oshirayotganiga qaramay, mamlakat harbiy sohada AQSh bilan munosabatlarni o‘rnatishda davom etayotganini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0