Toshkent navbatdagi yirik xalqaro anjumanga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Obuna bo‘lish
Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini so‘zlashi kutilmoqda

TOShKENT, 9 fev - Sputnik. 19-20-fevral kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini so‘zlashi kutilmoqda.

"Konferensiya davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda", - deyiladi xabarda.

Nikita Mendkovich - politolog - Sputnik O‘zbekiston
Mendkovich: O‘zbekiston xorijlik hamkorlar uchun ochilmoqda

Forumga Afg‘oniston, AQSh,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan bo‘lib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0