O‘zbekiston fuqarosi Xabarovskdagi vokzalni "minalagani" uchun jarimaga tortildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishObespechenie bezopasnosti na novogodnie prazdniki v Moskve
Obespechenie bezopasnosti na novogodnie prazdniki v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud jarayoni davomida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va o‘zining "portlash ro‘y berishi mumkin"ligi haqidagi xabaridan so‘ng huquq tartibot organlari xodimlari qilgan barcha harajatlarni ko‘ngilli ravishda qoplab bergan

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Xabarovsk tumani temir yo‘l sudi O‘zbekiston fuqarosini Xabarovsk temir yo‘l vokzali minalangani to‘g‘risida yolg‘on xabar berganligi tufayli aybdor deb topdi va 20 ming rubl jarima to‘lashga hukm qildi.

Sotrudnik pojarnoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 150 dan ortiq obyekt “minalashtirildi”

Bu haqda Uzoqsharq transport prokuraturasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Sud tomonidan aniqlanishicha, 2018-yilning 15-oktabr sanasida ayblanuvchi Xabarovskdagi temir yo‘l vokzali binosida bo‘la turib, tayyorlanayotgan portlash haqida yolg‘on xabar bergan. Bu ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

"Xabarovsk tuman temir yo‘l sudi tomonidan O‘zbekiston respublikasi fuqarosi sud qilindi. U terrorizm akti xususida oldindan bila turib yolg‘on xabar qilganlikda aybdor deb topildi", - deyilgan xabarda.

Sud jarayoni davomida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va o‘zining "portlash ro‘y berishi mumkin" degan xabaridan so‘ng huquq tartibot organlari xodimlarining vokzal binosini tekshirish uchun qilgan barcha harajatlarini ko‘ngilli ravishda qoplab bergan. Mana shularni hisobga olgan holda sud ayblanuvchini 20 ming rubl miqdorida jarimaga hukm qilgan.

Yangiliklar lentasi
0