Rossiyada 150 dan ortiq obyekt “minalashtirildi”

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSotrudnik pojarnoy slujbi
Sotrudnik pojarnoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 150 dan ortiq savdo markazlari, maktablar va boshqa obyektlar anonim qo‘ng‘iroqlardan so‘ng tekshirilmoqda.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Rossiyada 150 dan ortiq savdo markazlari, maktablar va boshqa obyektlar anonim qo‘ng‘iroqlardan so‘ng tekshirilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Moskvada 99 ta, Moskva viloyatida 61 ta obyektda va Markaziy federal okrugining beshta hududida “minalashtirilganlik” haqidagi tahdid qo‘ng‘iroqlari kelib tushdi”, - deya ma’lum qildi agentlikka favqulodda xizmat vakili.

Xabarda yozilishicha, 40 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.

160 ta “minalashtirilgan” obyektlarning 70 tasida tekshiruv ishlari yakunlangan. Hech bir xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Yangiliklar lentasi
0