“O‘zing ahmoq”: Quvaytda to‘ydan so‘ng 3 daqiqa o‘tib, kelin-kuyov ajrashdi

© AP Photo / STR Musulmanskaya devushka v magazine u svadebnogo platya
Musulmanskaya devushka v magazine u svadebnogo platya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juftlik rasmiy nikohda atigi uch daqiqa bo‘lishdi va bu mamlakat tarixidagi eng qisqa nikoh sifatida qayd etildi.

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Quvaytda endigina oila qurgan kelin-kuyov nikohning bir necha daqiqasidan so‘ng ajrashishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar qilmoqda.

Pobeditelnitsa konkursa krasoti «Miss Moskva – 2015» Oksana Voyevodina vishla zamuj za korolya Malayzii Muxammeda V - Sputnik O‘zbekiston
Jonga tegdi: Malayziya qiroli 2 oylik nikohdan so‘ng rus modeli bilan ajrashmoqda

To‘y marosimidan keyin kelin qoqilib ketadi. Kuyov esa qizning ustidan kulib, "ahmoq" deydi. Kelin bunga chiday olmay, yig‘lab yuboradi va bir necha daqiqalik umr yo‘ldoshidan ajrashishni talab qiladi. To‘y nishonlangan joyning o‘zidayoq ajrashishga qaror qilishadi.

Hashamatli va antiqa: sobiq “Dunyo go‘zali” Priyanka Chopraning to‘yi nima bilan esda qoldi

Juftlikning rasmiy nikohi atigi uch daqiqa davom etdi va bu mamlakat tarixidagi eng qisqa nikoh sifatida qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0