Alisher Usmonov taqdim etgan noyob kitoblar Toshkentga yetib keldi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishFestival Korana
Festival Korana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyob kitoblar to‘plami XIII asrdan boshlab sharqiy va islomiy olamning Yevropadagi ta’siri haqida nashr etilgan lotin, ingliz, fransuz va nemis tillarida nashr qilingan 4923 dona kitoblardan iborat.

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Milliarder Alisher Usmonov tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etilgan qiymati 8 million AQSh dollarga teng noyob kitoblar to‘plami Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda "Daryo".

Ushbu noyob kitoblar to‘plami XIII asrdan boshlab sharqiy va islomiy olamning Yevropadagi ta’siri haqida nashr etilgan lotin, ingliz, fransuz va nemis tillarida nashr qilingan 4923 dona noyob kitoblardan iborat. Ular orasida Avitsenna "Tibbiyot ilmi qonuni" (Ibn Sino)ning ilk lotincha tarjimasi bor.

Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov O‘zbekistonga 8 million dollarlik nodir kitoblar kolleksiyasini sovg‘a qildi

Shuningdek, to‘plamda Ibn Arabshohning "Buyuk Temurning buyuk va mo‘’jizaviy ishlari tarixi" nomli kitobining lotin tiliga ilk tarjimasi bor.

Islom sivilizatsiyasi Markazi qurilishi tugaguniga qadar kitoblar Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning mablag‘lari hisobiga qurilayotgan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi Fransiyaning Wilmotte & Associés kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Majmuada kutubxona, axborot resurs markazi, ilmiy bo‘lim, konferensiya xonasi, ofis va boshqa binolardan iborat bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0