Xorazmda sara urug‘lik chigitlarga zararkunandalar tushdi: tergov boshlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSbor xlopka
Sbor xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan hududdagi 3 ta paxta tozalash korxonalarida urug‘lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Prokuratura tekshiruvi: suv xo‘jaligi korxonalari faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, korxonalar omborlaridagi 2018-yil mavsumidan ortib qolgan dorilangan sara urug‘lik chigitlarning 158 tonna bo‘lgan jami 539,8 mln so‘mlik qismi saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida zararkunandalar bilan zararlanib, ekishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan va bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0