Super Ferrari avtomobili 4,3 million yevroga sotildi

© Foto : Sotheby’sRedkiy gonochniy Ferrari 1987 goda prodali na auksione za 4,3 milliona yevro
Redkiy gonochniy Ferrari 1987 goda prodali na auksione za 4,3 milliona yevro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1987 yilda ishlab chiqarilgan noyob poyga Ferrari avtomobili 4,3 million yevroga sotildi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Parijda Sotheby’s auksionida 1987-yilda ishlab chiqarilgan super retro Ferrari F40 LM avtomobili sotildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ushbu savdolar har yili retro avtomobillar salon ko‘rgazmasida o‘tkazildi.

Ushbu auksionga jami 90 ta lot qo‘yilgan. Ular ichida turli yillarda ishlab chiqarilgan Ferrari, Porsche, BMW, Bugatti avtomobillari bor.

Sborka avtomobiley na konveyere svarochnogo sexa - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston o‘z avtomobil markasini yaratishga kirishdi

Poyga Ferrari avtomobilining narxi 4,3 million yevro deb baholandi.

Ushbu superkar Michelotto kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. U 1995-1996 yillarda ikki marta mashhur “Le-Mana 24 soat” poygalarida qatnashdi. 1995-yilda Anderstorp 4 Hours poygasida g‘olib bo‘ldi.

Shu bilan birga, 1966-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 275 Gtb/6 C avtomobili 2,9 million yevro va Porsche 550 RS Spyder 2,7 million yevroga sotildi.

Yangiliklar lentasi
0