Saroz ko‘lidan suv toshqinini oldini olish maqsadida 3,5 million dollar ajratildi

© AFP 2023 / KADAM MASKAYEVSarezskoe ozero v gorax Pamira. Arxivnoe foto
Sarezskoe ozero v gorax Pamira. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda Osiyo Taraqqiyot banki loyihasi doirasida Saroz ko‘lini monitoring qilish qurilmalari yangilanadi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Tojikiston Saroz ko‘lini monitoring qilish qurilmalari uchun 3,5 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar ko‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda ma’lum qildi.

Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni 4 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Qurilmalarni to‘liq yangilash Osiyo Taraqqiyot banki loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

“Ushbu loyihada ko‘l hududi atrofida tunu-kun navbatchilik olib borayotgan FVV xodimlari uchun zarur shart-sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda”, - deb aniqlik kiritdi Nazarzoda.

Yangi har kunlik monitoring texnikasi Usoy to‘g‘onida paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, ushbu loyihada to‘g‘on yorilishi holatida aholini oldindan ogohlantirish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Saroz ko‘lida vaziyat barqaror.

Yangiliklar lentasi
0