TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Tojikiston gaz kompaniyasi shu yilda Oʻzbekistondan gaz yetkazib berish xajmini toʻrt baravarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar qildi.
"Tojiktransgaz" kompaniyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Shavkat Shoimzodaning soʻzlariga koʻra, kompaniya joriy yilda Oʻzbekistondan 200 million kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, ikki davlat gaz kompaniyalari kelishuvga erishib, bitim muhokama qilinmoqda. Shundan keyin hujjat imzolanadi.
Shoimxoda oʻtgan yili Oʻzbekistondan Tojikistonga 54 million kub metr gaz kelganligini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda import qilingan gaz yigirmadan ortiq kompaniyalar taʼminlanmoqda. Shular ichida Tojikiston alyuminiy kompaniyasi va Dushanbe issiqlik elektr stantsiyasi, isteʼmolchilar soni esa har oyda koʻpaymoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning iyul oyida Shoimzoda sotib olinadigan gaz xajmi isteʼmolchilar soniga bogʻliqligi va 2018 yil ikkinchi choragida import hajmi keskin ortib 3,5 million kub metrni tashkil qilganligini aytgandi.
Tabiiy gazning asosiy isteʼmolchisi – “Talko” alyuminiy kompaniyasi hisoblanadi.