Peterburgda o‘zbekistonlik talaba o‘limidan so‘ng universitet prorektori hibsga olindi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliygoh prorektori kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olgan.

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Sankt-Peterburgda Tergov qo‘mitasi xodimlari Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti prorektorini hibsga olishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Sosulki na krishe - Sputnik O‘zbekiston
Peterburgda o‘zbekistonlik talaba ustiga muz bo‘lagi tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Tadbir bino tomidagi muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba ishi yuzasidan o‘tkazilgan.

Xabarda qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari  bino tomini qor va muz bo‘laklaridan tozalash ishlari bilan "Ventformat" kompaniyasi shug‘ullanganini aniqlashadi. Tashkilot xodimlari o‘z vazifalari vijdonan bajarishmagan, oliygoh prorektori esa ish jarayonini nazorat qilmagan.

Bundan tashqari, oliygoh prorektori  kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olib, shartnoma tuzganligi aniqlandi.

Prorektorga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining mansabga sovuqqonlik bilan qarash va pora olish moddari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi hal qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburgda kimyo-farmatsevtika universiteti binosi ustidan muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida 23 yoshli o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0