TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Peterburgda Kimyo-farmatsevtika akademiyasi binosi ustidan muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida 23 yoshli o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi, deb xabar qildi shahar prokuraturasi matbuot xizmati.
Xabarda yozilishicha, fojia Aptekachilar xiyobonida sodir bo‘ldi. Yana bir tojikistonlik talaba kasalxonaga yotqizilgan.
Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi hududida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
Hozirda Petrograd tuman prokuraturasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Mutaxassislar oliygoh ma’muriyati qish mavsumida binoni tozalash qonun talablariga rioya qilgan qilmaganligi o‘rganib chiqishmoqda. Shuningdek, tozalash tadbirlariga ajratilgan bujet mablag‘lari qay tarzda sarflangani tekshiriladi.
Bundan tashqari prokuratura fojia sodir bo‘lgan tuman hududidagi yana 19 ta federal muassasalarni tekshiradi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Sankt-Peterburg gubernatori Frunze tuman rahbarini tumanda qor uyumlari va qotib qolgan qolgan muz bo‘laklari yaxshi tozalanmagani va mahalliy aholi uchun qiyinchilik keltirib chiqarayotgani uchun istyefoga chiqargan edi. Gubernator tozalash ishlarini tashkillashtirish nafaqat Frunze, balki boshqa tumanlarda ham qoniqarsiz ahvoldaligini ta’kidlab o‘tgan edi.