Niderlandiyada oldin musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi islom dinini qabul qildi

© Foto: Dutch News Yoram van Klaveren
 Yoram van Klaveren - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Van Klaveren islom dini haqida kitob yozish jarayonida o‘zi uchun ko‘plab kashfiyotlar qilgan va uning dunyoqarashi o‘zgargan.

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Niderlandiyada oldin musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi islom dinini qabul qildi, deb yozmoqda Euronews.

Prezident V. Putin Moskva jome’ masjidi ochilish marosimida qatnashdi - Sputnik O‘zbekiston
Putin: “ID” islom dini nomiga dog‘ tushirmoqda

Niderlandiyalik sobiq millatchi Yoram van Klaveren islom dinini qabul qildi. Van Klaveren 2010 - 2014-yillar davomida millatchilar partiyasi a’zosi bo‘lgan va musulmonlarni keskin tanqid qilgan. “Islom dini yolg‘on,  Qur’on bu zahar” – degan chiqishlar qilgan.

Keyin u islom dini haqida kitob yozishga kirishgan. Ushbu jarayonda siyosatchi islom dini haqida “o‘zi uchun ko‘plab kashfiyotlar qilgan va uning dunyoqarashi o‘zgargan”.

Van Kleveren jurnalistlarga aytishiga qaraganda, oldin u ko‘p narsadan bexabar va nohaq bo‘lgan. Shuingdek o‘z partiyasining mafkura chizig‘i doirasida ish qilgan.

Niderlandiyada millatchi siyosatchilar islom diniga o‘tishiga bu birinchi misol emas. 2013-yilda aynan ushbu partiyaning yana bir a’zosi Arno van Doorn ham islom dinini qabul qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0