Putin: “ID” islom dini nomiga dog‘ tushirmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident V. Putin Moskva jome’ masjidi ochilish marosimida qatnashdi
Prezident V. Putin Moskva jome’ masjidi ochilish marosimida qatnashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“ID” islom dini nomiga dog‘ tushirmoqda, ularning mafkurasi yolg‘onga asoslangan.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. “ID” terrrochilar guruhi a’zolari islom dini nomiga dog‘ tushirmoqda, ularning mafkurasi yolg‘onga asoslangan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva jome’ masjidi ochilish marosimida.

Rossiya rahbari fikriga ko‘ra, terrorchilar diniy tuyg‘ulardan siyosiy maqsadlarda beadablarcha foydalanishmoqda. 

“Yaqin Sharq mamlakatlarida nima bo‘layotganini biz ko‘rib turibmiz. “Islom davlati” nomini olgan terrorchilar guruhi buyuk dunyoviy dinning nomiga dog‘ tushirib, odamlarda nafrat uyg‘otmoqda, qotillik qilmoqda, jahon madaniyati yodgorliklarini vahshiylarcha yo‘q qilmoqda. Ularning mafkurasi yolg‘onga asoslangan, islom dinini g‘oyalarini ochiqchasiga buzishga asoslangan”, — dedi prezident.     

Hozirgi paytda “Islom davlati” terrorchilik guruhi dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan asosiy sabab bo‘lib qolmoqda. Oxirgi bir necha yillar davomida jangarilar Iroq va Suriya hududlarida katta maydonlarni egalab olishdi. Undan tashqari terrorchilar tashkilot ta’sirini shimoliy Afrika, xususan Liviya hududlarida ham tarqatmoqchi.  

Iyun oxirida Putin Suriya, Turkiya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni rahbariyatiga terrorchilar guruhi bilan kurashda birlashishni taklif qildi. Rossiya, o‘z navbatida, mamlakatlararo muzokaralar olib borishga ko‘maklashadi. 

Yangiliklar lentasi
0