O‘n mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan oilalar aniqlandi

Obuna bo‘lish
Kerakli hujjatning yo‘qligi fuqarolarning u yoki bu huquqlarining cheklanishiga olib keladi.

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan oilalar borligi aniqlandi, deb yozadi UzA Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlariga asosan.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 30 mingdan ziyod oila ajrashishga ariza bergan

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekistonda 9988 nafar hujjatsiz bolalar borligi aniqlangan. Bugungi kunda ulardan 7712 nafariga shaxsni aniqlovchi hujjatlar berilgan.  

Shuningdek, FXDYo xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda 10 024 oila ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi aniqlangan. Tadbir doirasida ushbu oilalardan 6,5 mingtasiga kerakli hujjatlar berilgan.

Yuqoridagip muammolar ayniqsa katta shaharlardan uzoq bo‘lgan qishloqlarda ko‘p uchrashi aniqlangan. Kerakli hujjatning yo‘qligi fuqarolarning u yoki bu huquqlarining cheklanishiga olib keladi. Ayniqsa, bu bolalarga taaluqli. Kerakli hujjati bo‘lmagan bolani bog‘cha yoki maktabga joylashtirish katta muammolarga olib keladi, - deb yozadi UzA.  

Yangiliklar lentasi
0