Niqob kiyib bosqinchilik qilgan jinoyatchilar 15-yilga qamaldi

CC BY-SA 3.0 / Tobias "ToMar" Maier / A rib-knit three-hole balaclavaChelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto
Chelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda qamoqdan qochib bosqinchilik qilgan retsidivist jinoyatchilarga 15-yildan 20-yilgacha qamoq jazosi berildi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Biroz oldin Toshkent shahridagi xonadonlarda birida bosqinchilik sodir etilgan edi, deb xabar qildi O‘zbekiston televideniyesining "Zamon" dasturi. 

Bir guruh niqobli kishilar xonadonga bostirib kirib, uy egalarini oyoq va qo‘llarini skoch bilan bog‘lab, o‘ldirish bilan po‘pisa qilib 80 mln so‘mlik pul va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketishadi.  

Prodaja svetov 8-marta - Sputnik O‘zbekiston
Gul do‘konida bosqinchilik qilgan kishi notanish qizga gul dastasini sovg‘a qildi

Oradan biroz o‘tib jinoyatchilar qo‘lga olinadi va ushbu jinoyatni Olmaliq tumanidagi jazoni o‘tash muassasasidan qochib ketgan 4 nafar mahbus amalga oshirgani ma’lum bo‘ladi. Ushbu shaxslar oldin ham qasddan odam o‘ldirgani, talonchilik qilgani uchun bir necha bor qamoq jazosiga mahkum etilgani ma’lum bo‘ladi.

Jinoyat ishini har tomonlama o‘rganib chiqqan Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatchilarni o‘ta xavfli retsidivistlar deb topdi va ularni 15-yildan 20-yilgacha kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlandi. Jazo muddatini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0