Gul do‘konida bosqinchilik qilgan kishi notanish qizga gul dastasini sovg‘a qildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishProdaja svetov 8-marta
Prodaja svetov 8-marta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talonchi qo‘liga pichoq olib, Moskvaning Novokosino tumanidagi do‘konga hujum qilgan. Do‘kondan pul va gul dastasini o‘g‘irlagan.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Moskvada erkak kishi gul do‘konini o‘marib, o‘g‘irlangan guldastani yo‘ldan o‘tib ketayotgan qizga hadya qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s kanslerom FRG A. Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Ayollarga gul sovg‘a qilish bu yaxshi odat, bundan o‘rnak olish kerak - Kreml

Noma’lum shaxs gul do‘koniga kirib, xaridor sifatida guldasta tanlagan. Sotuvchi gullarni olib kelganda, u cho‘ntagidan pichoqga o‘xshash o‘tkir predmetni chiqarib, ayolga tahdid qilgan. U kassadagi pullar va guldastani berishni talab qilib, so‘ngra gullarni bir qizga sovg‘a qildi.

Gumonlanuvchi 32 yoshli migrant ekanligi aniqlangan. Ayni damda u qo‘lga olingan va “bosqinchilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasiga ko‘ra, shunga o‘xshash jinoyatlar majburiy jamoat ishlari yoki 5-yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlansa, jazo muddati 10-yil qamoq va 1 million rubl miqdorda jarimagacha ko‘payishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0