Kimo‘zar o‘yini boshlanmoqda: AQSh qurol-aslaha poygasida Rossiyani ortda qoldirmoqchi

© SAUL LOEB / AFPPrezident Rossii Vladimir Putin prezident SShA Donald Tramp
Prezident Rossii Vladimir Putin prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp Vladimir Putinga AQSh qurol-aslaha poygasida g‘olib chiqishini ma’lum qildi, deb xabar qilgan NBC nashri

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan o‘tkazgan oxirgi muloqotida AQSh Rossiya bilan qurol-aslaha poygasini o‘tkazishga tayyorligini va hatto bunda g‘olib chiqishini aytgan. Bu haqda o‘zining ismi sir saqlangan manbasiga tayangan holda NBC telekanali xabar berdi. 

V avangarde oboroni: kak noveyshee rossiyskoe voorujenie pomojet vosstanovit yaderniy paritet - Sputnik O‘zbekiston
"Kinjal", "Sarmat", "Avangard": Rossiyaning eng zamonaviy qurollari qanday ishlaydi

"Agar siz qurol-aslaha poygasini istasangiz, biz buni amalga oshirishimiz mumkin, lekin men g‘alaba qozonaman", — deb iqtibos keltiradi telekanal Tramp so‘zlaridan.

Ikki yetakchi suhbati 20-mart kuni bo‘lib o‘tgan. Tramp Putinga uning qayta saylangani bilan tabriklash uchun qo‘ng‘iroq qilgan. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi suhbat konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp ikkiyoqlama munosabatlarda to‘planib qolgan muammolarni yengib o‘tish haqida gaplashishgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rossiya prezidenti Federal kengashga murojaatida Rossiyaning eng yangi qurollari, xususan har qanday Raketaga qarshi mudofaa tizimini aylanib o‘tadigan yangi tipdagi aslahalar haqida gapirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0