Hayvon so‘yish va aholiga go‘sht yetkazib berishga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Obuna bo‘lish
Prokuratura, IIV, Soliq, Veterinariya qo‘mitalari tomonidan kasalligi sababli majburiy so‘yilgan va xarom o‘lgan hayvonlarning go‘shti va boshqa mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlab, ularning faoliyatiga chek qo‘yish va ularga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Davlat Veterinariya qo‘mitasi tomonidan “Hayvonlarni so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht, guruch, shakar: O‘zbekistonda eng arzon va qimmat oziq-ovqatlar sotiladigan shaharlar

Ushbu qaror loyihasida “Hayvonotga mansub mahsulot va xomasholarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoida va meyorlari” va  “Ixtisoslashgan so‘yish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va meyorlari” tasdiqlash qayd etilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarini yanada ko‘rkam va obod qilish, jozibadorligi va turistik salohiyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida shaharlar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan hayvonlarni so‘yish korxonalarini boshqa faoliyat turiga moslashtirish yoki shaharlar hududidan chiqarish (shaharning chekka hududlarida va kichik sanoat xududlarida sanitariya-ximoya zonalari saqlangan holda tashkil etilgan mexanizatsiyalashgan ixtisoslashgan so‘yish korxonalari bundan mustasno) taklifiga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Produktovaya korzina - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht, tuxum, kartoshka: qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxati

Qaror loyihasida joylarda mavjud hayvon so‘yishga mo‘ljallangan korxonalarni (qushxonalarni) inventarizatsiyadan o‘tkazib, qaror talablariga muvofiqligini o‘rganish hamda ixtisoslashgan mini so‘yish korxonalariga aylantirish yoki belgilangan tartibda faoliyatini to‘xtatish choralari ko‘rish nazarda tutilgan.    

“- hayvonlarni so‘yish xizmatlarini yo‘lga qo‘yishda ixtisoslashgan va mini so‘yish korxonalarini tashkil etish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;

- ixtisoslashgan so‘yish korxonalari o‘z mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatini tashkil etadi va unga malakali mutaxassislarni jalb qiladi;

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi go‘sht bozorlarini tartibga solishga kirishdi

- ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya mutaxassislari, qassoblar va boshqa texnik xodimlari belgilangan tartibda malakasini oshiradi va malaka oshirmagan xodimlarni faoliyat yuritishi ta’qiqlanadi,” – deyilgan qaror loyihasida.

Davlat veterinariya qo‘mitasi bir oy muddatda mini so‘yish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va meyorlarini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.

Qaror loyihasida aytilishicha, prokuratura organlari, IIV, Soliq, Veterinariya qo‘mitalari kasalligi sababli majburiy so‘yilgan va xarom o‘lgan hayvonlarning go‘shti va boshqa mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlab, ularning faoliyatiga chek qo‘yish va ularga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0