Go‘sht, tuxum, kartoshka: qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxati

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProduktovaya korzina
Produktovaya korzina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moliya vazirligi chakana va ulgurji savdoda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Moliya vazirligi qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan mahalliy mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
MB o‘zbekistonliklarning soliq bo‘yicha qarzlarini plastikdan undirishga qarshi chiqdi

Go‘sht, tuxum, shakar, guruch va boshqa mahsulotlar QQSdan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.

QQSdan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxati:

go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (chorva, tovuq) va ularni so‘yishdan keyingi mahsulotlar; baliq; kartoshka; piyoz; tuxum; guruch; shakar; non mahsulotlari (ishlab chiqarishda va sotishda).

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov shu kunlarda jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistonda 2019-yilda narxlar keskin oshishiga olib keluvchi ichki xatarlar mavjud emasligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda 20% miqdorda QQS ko‘rsatilgan kassa cheki qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Korzinka.uz ta’sischisi Zafar Xashimovga ko‘ra, iste’molchilar avval ham tovar narxiga qo‘shilgan bu soliqni to‘lashgan. Farqi shundaki, QQS miqdori yil boshidan boshlab chekda ko‘rsatila boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0